O'ZBEK ZIYOLILARI

Islom shoir (1874-1953)

Islom shoir Nazar o‘g‘li (1874 narpay tumani — 1953.17.7) — o‘zbek baxshisi. O‘zbekiston xalq shoiri (1940). Narpay dostonchilik maktabi vakili. Ernazar shoirning shogirdi.

Rojiy Xo‘qandiy (1871-1924)

Rojiy, Sulaymonqul usta Suyarqul o‘g‘li (1871 — Qo‘qon — 1924.11.11) shoir, xattot. Qo‘qon madrasalarida tahsil ko‘rgan.

Said Ahmad Vasliy (1870-1925)

Vasliy (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim o‘g‘li) (1870 — Samarqand — 1925.29.10) — o‘zbek va tojik shoiri, ma’rifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Ko‘kaldosh madrasalarida o‘qigan.

Nozimaxonim (1870-1924)

Nozimaxonim (1870 – Toshkent — 1924) — shoira. O‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini o‘rgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bi

Anbar Otin (1870-1906)

Anbar Otin Farmonqul qizi (1870 — Qo‘qon — 1906) — o‘zbek shoirasi. Otasi Uvaysiyning jiyani. Onasi Ashurbibi oddiy kosib qizi. Anbar Otin Dilshod otin maktabida tahsil olgan. Anbar Otin she’rlar ijod qilish bilan birga mahallasidagi yosh qizlarga ta’lim

Ahmad Tabibiy (1869-1911)

Ahmad Tabibiy (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmad Ali Muhammad o‘g‘li, 1869—Xiva—1911) — shoir, tarjimon, tabib. Xiva madrasalaridan birida o‘qigan. Otasidan va zamonasining mashhur tabibi Yaxshimurodbekdan tabiblikni o‘rgangan, Muhammad Rahimxon II (Feruz)