O'ZBEK ZIYOLILARI

Abdulqodir Muhitdinov (1892-1934)

Abdulqodir Muhitdinov (1892, Buxoro — 1934.1.6, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi, siyosat arbobi. Boshlang‘ich ta’limni Buxoroda olgach, Istanbul madrasasida o‘qidi.

Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev (1891-1938)

Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev (1891, Toshkent — 1938.4.10) — davlat va jamoat arbobi. Turkistondagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri. Rus-tuzem maktabida o‘qigan (1898 — 1901).

Qori Yo‘ldosh Po‘latov (1890-1965)

Po‘latov Qori Yo‘ldosh Po‘latovich [1890, Buxoro amirligi (hozirgi Lebap viloyati)dagi Karki shahri — 1965.1.4, Toshkent] — davlat va jamoat arbobi. Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandasi. Mir Arab madrasasida tahsil olgan.

Muhammadjon Xoliqiy (1890-1938)

Muhammadjon Xoliqiy (1890, Qo‘qon — 1938.18.11, Buxoro viloyati) — ma’rifatparvar pedagog. Qo‘qon va Buxoro madrasalarvda o‘qigan.

G‘ozi Yunus (1889-1942)

XX asr milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Yunus — Muhammad o‘g‘li G‘ozi Yunusdir. U mohir jurnalist, yetuk hikoyanavis va bir qator xalqona she’rlar muallifi, ko‘zga ko‘ringan dramaturg, hajv ustasi hamda jamoat

Po‘latjon Qayyumov (1885-1964)

Po‘latjon Qayyumov (1885, Qo‘qon — 1964) — ma’rifatparvar pedagog, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1944). Aziz Qayumov va Laziz Qayumovning otasi. Madrasada, so‘ng rus-tuzem maktabida (1906) o‘qigan.